Close X
AMMONIY SULFAT

AJ "O'zsanoateksport" yetkazib berish imkonyatiga ega. 
Ammoniy sulfat o’g’iti. Tarkibida ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat og’iti o'simliklarni ozuqlantirishda ham qo’llaniladi. Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.