Close X
Mis quvurlari

AJ "O'zsanoateksport" yetkazib berish imkonyatiga ega. 
Mis quvurlari. Sovuq deformasiyalangan kesimi doirasimon umumiy foydalanishdagi choksiz mis quvurlari
Standart: Ts 00193950-006:2006
Markasi: M1 (yumshoq, qattiq)
Qo’llanish sohasi: Sovuq va issiqsuv ta’minotida, isitish, sovutish, oqova va gaz ta’minoti  tizimlarida, tozalash inshoatlarida, shuningdek issiq almashuvchi moslamalarda.
Mahsulotning tavsiflanishi
Korxona 4,76 mm.dan 29 mm.gacha diametrli mis quvurlarini ishlab chiqaradi, devorining qalinligi yarimqattiq (R220), va qattiq (R250) holatlarda 0,32 mm.dan 1,20mm.gacha tashkil etadi.
Shuningdek, mis quvurlarini tayyorlash liniyasi ichki jo’yakchalarni qirqish mashinasi bilanbutlanadi.
Mis quvurlarining ichki yuzasidagi maxsus jo’yakcha issiqlik almashinuvini yaxshilaydi vaxladagentning ancha tez sirkulyasiyalanishiga yordam beradi. Bunday mis quvurlari, silliq ichki yuzali an'anaviy quvurlarga nisbatan issiqlik almashinuvini 30-50%ga yaxshilaydi, buning natijasida esa issiqlik almashinuvchining foydalanish sifati yaxshilanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, o’z navbatida GOST 617-2006, GOST 21646-2003, GOST 11383, ASTM B68, EN1057 me'yoriy hujjatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan TsH 00193950-006:2014 me'yoriy hujjatiga mos keladi.